» » AL-QURAN MOBIL ILOVASI HAQIDA
0
0
DLE -
Maqolalar Eng yaxshi maqolalar Foto Video Dunyoda Xalq Odamlar
0
1 168

AL-QURAN MOBIL ILOVASI HAQIDA

24-09-2020, 20:30

Qur?oni karim doim ilm va ta?limga targ?ib qilib kelgan. Qur'onda Nazar solmaydilarmi?!, Ko?rmaydilarmi?!, Tadabbur qilmaydilarmi?!, Tafakkur qilmaydilarmi?!, Aqlni ishlatmaysizmi?! va boshqa shu mazmundagi oyatlar ko?p marta takrorlangan. Darhaqiqat, ilm olish, izlanish, ixtiro qilish va ijod qilish Qur?onda buyurilgan ezgu amallardan hisoblanadi. Bu oyatlarga og?ishmay amal qilgan Imom Buxoriy, Abu Mansur Moturidiy, Abu Rayhon Beruniy, Ibn Sino, Xorazmiy, Abu Nasr Forobiy, Ahmad Farg?oniy rahimahullohlar kabi buyuk ajdodlarimiz o?z sohalarida amalga oshirgan yangiliklar, ixtirolar va kashfiyotlar hozirga qadar o?z ahamiyatini yo?qotmagan. Yurtimizda ta?lim sohasiga innovatsion yondashish ancha yerta boshlangan. Albatta, buning ildizi va asosiy manbasi Qur?oni karim ta?limotlari hisoblanadi.

Bugungi kunda ta?lim sohasida zamonaviy pedogogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanishga bo?lgan qiziqish va intilish kun sayin ortib bormoqda. Xususan, mustaqil ta?limga bo?lgan ehtiyoj bugun eng muhim masala sifatida talqin qilinmoqda. Kompyuter va telefon ilovalaridan foydalanish, kerakli ma?lumotlarni internet tarmog?idan qidirish va shu orqali bilimni oshirib borish bugungi kunimizda oddiy holatga aylangan, desak mubolag?a bo?lmaydi. Xususan, ta?lim sohasida innovatsion texnologiyalardan foydalanish o?quvchi va talabalarning mavzuni chuqur o?zlashtirishlarida muhim ahamiyat kasb etmoqda. Bu esa o?z navbatida har bir mutaxassis zimmasiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalana olish mas?uliyatini yuklamoqda. Prezident Shavkat Mirziyoyev taklifi bilan mamlakatimizda 2020-yil Ilm-ma?rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirishyili deb e?lon qilinishi ham fikrimizni isbotlaydi.

Qur?on ta?limi Rasululloh sollallohu alayhi vasallam zamonlaridan beri muttasil davom etib kelayotgan eng muhim ta?lim sohalaridan biri hisoblanadi. Qur?on ta?limiga bo?lgan e?tibor asrlar osha rivojlanib, bu borada turli uslublar, risolalar, o?quv qo?llanmalar va amaliy tajribalar ishlab chiqilgan. Bu jarayon bugungi kunda ham zamonamizning eng ilg?or texnologiyalari yordamida jadal sur?atda davom etmoqda. Xususan, Qur?oni karim oyatlarining arabcha matni, turli tillardagi tarjimalari, tajvid qoidalari, tafsiri, audio va video yozuvlarini o?zida mujassam qilgan ilovalar Qur?on ta?limining yangi bosqichga chiqqanidan darak bermoqda.

E?tiboringizga havola etilayotgan Al-Quran mobil ilovasida ham mazkur zamonaviy ta?lim uslublaridan foydalanilgan. Ushbu ilovaning Qur?on ta?limiga oid boshqa ilovalardan farqi shundaki, unda yurtimizda mashhur bo?lgan ta?lim uslublariga alohida urg?u berilgan. O?lkamizda faoliyat yuritayotgan din arboblari, diniy bilim yurtlarida ta?lim olayotgan talabalar va Qur?on o?qishdan xabari bor mo?min-musulmonlar ilk saboqni Muallimi soniy kitobidan olganlari hech kimga sir emas. Ahmad Hodiy Maqsudiy rahimahulloh tomonidan yozilgan mazkur kitob deyarli bir asrdan buyon Qur?on ta?limining ilk bosqichi sifatida yurtimiz musulmonlariga ko?makchi bo?lib kelmoqda. Muallimi soniy kitobiga zamonaviy yondashish, undagi ta?lim uslublarini zamonaviy texnologiyalar yordamida ommaning e?tiboriga taqdim qilish va shu orqali xalqimizning Qur?on o?rganishga bo?lgan ehtiyojini, oz bo?lsa-da, qondirish zamon talabi bo?lib turibdi. Al-Quran mobil ilovasi ham aynan shu maqsadlarni ko?zlab ishlab chiqilgan. Ilovadagi arabiy matnlar, suralar, zikr va duolar Shayx Alijon qori tomonidan o?qilgan.

Al-Quran mobil ilovasining maqsadi:

Al-Quran mobil ilovasi Qur?oni karim ta?limini zamonaviy innovatsion texnologiyalarga asoslangan holda yangi bosqichga olib chiqish;

O?zbek xalqi orasida mashhur bo?lgan Muallimi soniy kitobining mobil ilovasini yaratish;

Al-Quran mobil ilovasining vazifalari:

Muallimi soniy kitobiga innavatsion yondashish

Ahmad Hodiy Maqsudiy rahimahullohning Muallimi soniy kitobiga asoslangan holda Qur?on ta?limini yo?lga qo?yish. Ushbu bo?lim quyidagi innavatsion yo?nalishlarni o?z ichiga oladi:

Harflar. Arab tilidagi 28 ta harfning maxraj va sifatlari Shayx Alijon qori tomonidan tayyorlangan video darsliklar asosida talaffuz qilingan.

Qoidalar. Mad, tashdid, tanvin, hamza, qamariy va shamsiy harflar vaqf, idg?om", iqlob kabi tajvid qoidalari tushuntirib berilgan.

Kalimalar. Kalimai toyyiba, Kalimai shahodat, Kalimai tavhid, Kalimai raddil kufr, Kalimai istig?for, Kalimai tamjid, Imoni mujmal va Imoni mufassal Imon kalimalarining to?g?ri talaffuzi ko?rsatib berilgan.

Suralar. Muallimi soniy kitobida keltirilgan Fotiha surasi, Baqara surasining avvalgi 5 oyati hamda Shams surasidan Nas surasigacha bo?lgan suralar Shayx Alijon qori tomonidan tayyorlangan video darsliklar asosida tilovat qilingan.

Al-Fotiha onlayn lohyihasini ishga tushirish

Al-Fotiha onlayn xizmati loyihasi mo?min-musulmonlarning masofadan turib, onlayn tarzda Qur?on o?rganishlari uchun ishlab chiqilgan. Qur?on ixlosmandlari Al-Quran mobil ilovasidagi harflarning maxrajlari, tajvid qoidalari va kalimalarni o?zlashtirganlaridan so?ng o?z qiroatlarini tasmaga yozib, audio shaklida Al-Quran mobil ilovasi orqali yuborishlari mumkin. Ularning tilovatlari qiroatda ijozasi bor bo?lgan ustozlar tomonidan tekshirilib, xato-kamchiliklari haqida elektron pochta orqali xabar berib boriladi. Al-Fotiha onlayn xizmati 2021-yil fevral oyida ishga tushirilishi rejalashtirilgan.

Qur?on tilovatlarini berib borish

Qur?oni karimning mashhur qorilar tomonidan o?qilgan tilovatlari audio shaklida taqdim qilingan. Dastlabki bosqichda Xalil Xusoriy rahimahulloh tomonidan tilovat qilingan Qur?oni karimning to?liq shakli ilovaga joylashtirilgan. Keyinchalik boshqa mashhur qorilar, xususan, Shayx alijon qorining ham qiroatlari to?liq shaklda joylashtiriladi.

Kundalik zikr va duolar haqida ma?lumot berish

Zikrlar deb nomlangan mazkur bo?limda fazilatli oyatlar, hadislarda kelgan sunnat zikrlar va kundalik hayotda o?qiladigan duolar o?rin olgan bo?lib, Shayx Alijon qori tomonidan o?qilgan.

Namoz vaqtlari haqida ma?lumot berish

Har bir hududning namoz vaqtlari ko?rsatilgan. Namoz vaqtlarini sozlashda o?zbek qorilari tomonidan aytilgan azonlardan foydalanish imkoniyati mavjud.

Qiblani aniqlash

Ka?ba joylashgan tomonni aniq ko?rsatib beruvchi kompas bilan jihozlangan.

Ilova haqidagi fikr-mulohazalar, uning xato-kamchiliklari va bu boradagi takliflarni loyiha ijodkorlariga internet orqali jo?natish mumkin.

Alloh taolo ushbu loyihani barchamiz uchun manfaatli qilsin!


Yuklab olish uchun manzil:

Android https://play.google.com/store/apps/details?id=uz.fizmasoft.alquran&hl=uz

iOS https://apps.apple.com/ru/app/al-quran-muallimi-soniy/id1517577078
Savol-javoblar