Al Quran

“Va, batahqiq, senga YETTI TAKRORLANUVCHni va Ulug’Qur’onni berdik” (“Hijr” surasi, 87-oyat).

Abdulloh ibn Mas’ud roziyallohu anhu: “Yetti takrorlanuvchi – “Fotiha” surasidir”, degan.

Abu Mansur al-Xayyot rahimahulloh vafot etgach, ba’zilar u kishini tushida ko’radi va: “Robbingiz sizga nima qildi?”, deb so’rashadi.

Shunda u zot shunday javob beradi:

 “Bolalarga “FOTIHA” surasini o’rgatganim uchun Robbim meni mag’fitar qildi!” (Manba: “Tabaqot al-qurro” asari).

❗️ Hurmatli ota-onalar! Farzandingizga “Fotiha” surasini o’rgatishga shoshiling! Avvalo bu surani o’zingiz puxta o’zlashtiring! So’ng farzandingizga o’rgating!

Bu muborak surani o’rganishingizda O’zbekiston musulmonlari idorasi qoshida ochilgan “QUR’ONI KARIM VA TAJVID” o’quv kurslari hamda “ALQURAN.UZ.”ning “AL-FATIHA ONLINE” dasturi sizga yaqindan yordam beradi.

Bu imkoniyatni qo’ldan boy bermang!

Sizdan oldin boshqasi farzandingizga “Fotiha” surasini o’rgatsa, ulug’ savobdan bebaxra qolasiz!