O’ZBEKISTONLIK QORI XALQARO MUSOBAQAGA JO’NAB KETDI

2023 yil 28-avgust-2-sentabr kunlari Bishkek shahrida Qirg’isiston musulmonlari idorasi tomonidan tashkil qilingan Qur’oni karim musobaqasi bo’lib o’tadi.

Mazkur musobaqada Toshkent islom instituti talabasi Sirojiddin qori Jalilov ham ishtirok etadi.

Bugun Sirojiddin qori mazkur xalqaro Qur’on musobaqasida qatnashish uchun Qirg’izistonga jo’nab ketdi. Safar oldidan Ustozimiz Shayx Alijon qorining doui xayrlarini olib, kerakli tavsiya va ko’rsatmalarga ega bo’ldi.

Alloh taolo Sirojiddin qoriga ulkan zafar va muvaffaqiyatlar ato qilsin!

Manba: O‘zbekiston musulmonlari idorasi “Qur’on va tajvidni o’rgatish” bo’limi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan